“Komo” hujumchi Roberta Pichchida onkologik kasallik aniqlanganidan soʻng u bilan shartnomani uzaytirdi.
Ayollar jamoasining 34 yoshli futbolchisiga koʻkrak saratoni tashxisi qoʻyilgan. Shunga qaramay, klub Pichchi bilan bitimni “jamoaning uzoq muddatli majburiyatlari” doirasida 2027/28 yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirganini maʼlum qildi.
“Roberta davolanishni boshlaydi. Davolash jarayoni klub tibbiy shtabi koʻmagida va uning terapiyasi uchun masʼul mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi.
"Komo”dagi barcha insonlar Roberta uchun qaygʻurmoqda va yaqin oylarda unga hamda uning oilasiga zarur boʻlgan har qanday yordamni koʻrsatadi.
Robertaning shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda boʻlishingizni soʻraymiz, chunki hozir u davolanish va sogʻayish jarayoniga eʼtibor qaratmoqda", — deyiladi klub bayonotida.
“Komo” saratonga chalingan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
9 sentabr, 11:42
Klub 34 yoshli Pichchini ham tomonlama qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Foto: Getty Images