«Komo» 20 yoshli vinger Assan Diao bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Komo» senegallik futbolchiga 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi. Klub yozgi transfer oynasida Diaoni 40 million yevro evaziga Angliya Premyer ligasiga sotishdan bosh tortgan, shuningdek, A Seriya klublarining takliflarini ham rad etgan.
Ma'lumot uchun, Diao ushbu mavsumda Italiya chempionatining uchta bahsida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Vingerning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan.