Live
2
O'zbek

A Seriya. «Roma» superkambek evaziga «Atalanta»ni mag‘lub etdi

Futbol
5 sentabr, 16:49
    1
Rimliklar uchrashuv yakunida ikkita gol urib, 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.
A Seriya. «Roma» superkambek evaziga «Atalanta»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Italiya A seriyasi Roma Roma 2 : 1 Atalanta Atalanta

Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada «Atalanta» yarimhimoyachisi Ederson hisobni ochdi. «Roma» uzoq vaqt davomida javob golini ura olmadi. Biroq 90-daqiqada Mario Ermoso hisobni tenglashtirdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, 90+3-daqiqada Matias Zule «Roma»ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa rimliklar so‘nggi daqiqalarda 2:1 hisobida g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Roma» uch turda 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atalanta» esa 6 ochko bilan yettinchi o‘rinda.

A Seriya. 3-tur
Roma — Atalanta 2:1
Gollar: Ederson 47, Ermoso 90, Zule 90+3.

Roma: Svilar, Ndika (Balerdi, 67), Manchini (Jilardi, 63), Ermoso, Lulli (Zule, 55), Kristante, Kone, Fransa, Mora (Molina, 55), Dibala, Malen (Kastro, 63).

Atalanta: Karnesekki, Bellanova, Kossunu, Skalvini, Kolashinas (Zappakosta, 73), Samarjich (Zalevski, 66), Gaetano, Ederson (Kessie, 80), De Ketelare, Skamakka (Krstovich, 46), Elmas (Pashalich, 66).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Atalanta Atalanta
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar