Lautaro Martines Italiya chempionatining 3-turida «Napoli»ga qarshi bahsda gol urib, «Inter» safida A Seriyada 133-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, argentinalik hujumchi klubning A Seriyadagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Stefano Nyers bilan 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
«Inter» tarixida undan ko‘proq gol urgan futbolchilar — Juzeppe Meatsa (197) va Benito Lorenzi (138).