Bugun
36
O'zbek

Dimarko — A Seriyada 2025/26-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Futbol
3 sentabr, 07:45
    2
«Inter» himoyachisi o‘tgan mavsumda 16 ta golli uzatmani amalga oshirib, liganing eng yaxshi assistentiga aylandi.
Dimarko — A Seriyada 2025/26-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images

«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, A Seriyaning 2025/26 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Gran Galà del Calcio taqdirlash marosimi chorshanba kuni Milanda bo‘lib o‘tdi. Turli nominatsiyalardagi g‘oliblar futbolchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi orqali aniqlandi.

Dimarko 2025/26 yilgi mavsumda «Inter» safida Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. 28 yoshli himoyachi A Seriyaning 35 ta bahsida 7 ta gol urib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi va chempionatning eng yaxshi assistentiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar