Superligada 20-turga start berildi. Olmaliqda OKMK klubi “Xorazm”ni qabul qildi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Magʻlub jamoa ustozi Sergey Tokov esa bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Barchaga salom. Avvalo, raqib jamoani gʻalaba bilan tabriklayman. Oʻyin qiyin kechdi, maydon ham ogʻir edi. Biz xatoga yoʻl qoʻydik va toʻp oʻtkazib yubordik. Shundan keyin oʻyinga qaytish juda qiyin boʻldi. Ehtimol, psixologik jihatdan aynan shu holat bizni biroz sindirib qoʻygandir. Harakat qildik, ammo oldingi chiziqda nimadir yetishmayapti. Bilmadim, balki mahorat yetishmayotgandir. Hozircha vaziyat shu. Har bir ochko uchun kurashyapmiz, harakat qilyapmiz. Ammo hozircha har doim ham buning uddasidan chiqa olmayapmiz.
— Himoyada bir qancha kamchiliklar kuzatildi...
— Ha, qoʻshilaman. Ikkinchi boʻlimda juda koʻp vaziyatlar boʻldi, himoyachilarimiz juda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyishdi. Bilmadim... Himoya ustida koʻproq va tez-tez ishlayapmiz, ammo hozircha nimadir oʻxshamayapti. Balki futbolchilar bizning gaplarimizni toʻliq eshitmayotgandir, qandaydir konsentratsiya yetishmayapti. Bu nimadan ekanini bilmayman. Balki futbolchilar katta yoshda boʻlgani uchun yangi talablarga moslashish qiyin kechayotgandir. Ehtimol, qayta moslashish ular uchun ogʻir boʻlayotgandir. Hozircha kuch-quvvat bor paytda ular koʻrsatmalarni bajarishyapti. Biroz charchashganda esa qayerdadir diqqatni jamlash yoʻqolib qolyapti. Bundan tashqari, ikkinchi boʻlimda yangi himoyachimiz maydonga tushdi. U jamoaga yaqinda qoʻshilgan. Balki unda ham qayerdadir hayajon boʻlgandir, bilmadim. Umuman, xatolar juda koʻp boʻldi, bunga qoʻshilaman. Endi ularni tahlil qilamiz, koʻrib chiqamiz.
— Jarohat olgan futbolchingizning holati qanday?
— Endi u ham asta-sekin boshladi, sekinlik bilan mashgʻulotlarga qoʻshilyapti. Keyingi oʻyingacha, balki… Jiddiy jarohat olgan edi, tizzasidan. Hozir esa asta-sekin umumiy guruh mashgʻulotlariga qoʻshilyapti", - deya Tokovning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Sergey Tokov: “Himoyachilarimiz qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyishdi”
Futbol
3 sentabr, 15:50
“Xorazm” bosh murabbiyi OKMKdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Foto: Xorazm PFC
03.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
ОКМК
1
:
0
Xorazm