Superliga 22-tur doirasidagi «Navbahor» — «Dinamo» o‘yini 17 sentyabr kuniga ko‘chirildi. Bu haqda samarqandliklar matbuot xizmati xabar berdi.
«Namangandagi o‘yin ikki klubning uchrashuv sanasini 19 sentyabrdan 17 sentyabrga o‘tkazish borasidagi kelishuvidan keyin O‘zPFL tomonidan 17 sentyabr kuniga ko‘chirildi. Shu tariqa, ushbu bellashuv 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda «Navbahor» Superliga turnir jadvalida 37 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi. «Dinamo» esa 26 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onadan joy olgan.
Avvalroq «Navbahor» 8 yildan so‘ng ilk bor ketma-ket beshta g‘alabaga erishgani ma’lum qilingandi.