Bugun
11
O'zbek

Keyn «Bavariya» safida ikki Myuller qayd etgan rekordni takrorladi

Futbol
2 sentabr, 23:50
Harri Germaniya kubogi doirasida ketma-ket 7 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyn «Bavariya» safida ikki Myuller qayd etgan rekordni takrorladi
Foto: Getty Images
02.09.2026 FT Germaniya kubogi Osnabrueck Osnabrueck 1 : 4 Bavariya Bavariya

Angliyalik hujumchi Harri Keyn «Bavariya»ning yangi mavsumdagi Germaniya kubogidagi ilk o‘yinida ikki marta gol urdi. Myunxenliklar ushbu bahsda «Osnabryuk»ni yirik hisobda 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu Keynning Germaniya kubogi doirasida ketma-ket gol urgan yettinchi o‘yini bo‘ldi. Bunda o‘tgan mavsumdagi uchrashuvlar ham inobatga olingan.

Keynning yetti o‘yinlik golli seriyasi «Bavariya» rekordining takrorlanishi bo‘ldi. Bunga qadar ushbu natijaga ikki nafar futbolchi erishgan.

Dastlab Gerd Myuller 1967–1968 yillarda ketma-ket yetti o‘yinda gol urgan. Keyin esa XXI asrda Tomas Myuller bu natijani takrorlagan. Uning seriyasi 2013 yilda boshlanib, 2014 yilda yakunlangan.

Keynning seriyasi esa hali yana davom etishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osnabrueck Osnabrueck
  • Bavariya Bavariya
  • Germaniya kubogi Germaniya kubogi
Bugungi yangiliklar