«Boka Xuniors» sardori va Argentina milliy jamoasi futbolchisi Leandro Paredes 2026 yilgi jahon chempionatidagi janjalli finaldan so‘ng xalqaro faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Goal xabar berdi.
Qayd etish lozim, Paredes finalda Argentina Ispaniyaga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng yuzaga kelgan ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Menga milliy jamoada faoliyatimni davom ettirish qiyin bo‘ladi. Diskvalifikatsiya tufayli, shuningdek, Messining qarorini hisobga olganda ham.
Endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Men hali murabbiy bilan gaplashmadim, ammo suhbatlashamiz va qanday qaror qabul qilishimni ko‘rib chiqamiz», — dedi yarimhimoyachi.
Ma’lumot o‘rnida, Paredes Argentina milliy jamoasi safida 84 ta o‘yin o‘tkazgan. U jamoa bilan jahon chempionatida g‘olib chiqqan va ikki marta Amerika kubogi chempioni bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi