Bugun
22
O'zbek

«Ayaks» Kerarni ijaraga oldi

Futbol
2 sentabr, 16:58
Amsterdam klubi germaniyalik 29 yoshli futbolchining ijarasi uchun 2 million yevro to‘laydi.
«Ayaks» Kerarni ijaraga oldi
Фото: Getty Images

«Monako» klubi himoyachisi Tilo Kerer «Ayaks»ga ijara asosida kelib qo‘shildi. Bu haqda Niderlandiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amsterdam klubi germaniyalik 29 yoshli futbolchining ijarasi uchun 2 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda futbolchini doimiy ravishda sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilmagan.

Kerer faoliyati davomida «Shalke », «PSJ», «Vest Hem» va «Monako» klublari safida o‘ynagan. Monegasklar 2024 yilda futbolchining transfer huquqlarini to‘liq sotib olgandi. Tilo Germaniya milliy jamoasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar