Live
1
O'zbek

«Ayaks» Amrabat bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi

Futbol
30 avgust, 05:05
Futbolchi amsterdamliklar bilan 2 yilga mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.
«Ayaks» Amrabat bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi
Foto: AFC Ajax

«Ayaks» Marokash milliy jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

30 yoshli futbolchi amsterdamliklar bilan 2028 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.

«Biz Sofyanni tarkibimizga qo‘shib olganimizdan juda xursandmiz. U jismonan baquvvat, texnikasi yuqori darajada va xalqaro maydonda katta tajribaga ega.

Bundan tashqari, u Niderlandiya chempionatini yaxshi biladi. Shuning uchun uning jamoaga tez moslashib ketishini kutyapmiz.

Amrabat timsolida biz aynan izlayotgan tipdagi futbolchini qo‘lga kiritdik», — dedi «Ayaks» texnik direktori Jordi Kroyff.

Avvalroq «Ayaks» Mark-Andre ter Shtegen transferini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar