Live
9
O'zbek

Klopp: «Faqat shuning uchun avvallari «Real»ga qarshi o‘yinlarda «Barselona»ga muxlislik qilardim»

Futbol
24 oktabr, 03:50
    2
Germaniya milliy jamoasi ustozi bo‘lajak «el klasiko» haqida gapirib o‘tdi.
Klopp: «Faqat shuning uchun avvallari «Real»ga qarshi o‘yinlarda «Barselona»ga muxlislik qilardim»
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp oldinda kutib turgan «Barselona» va «Real» to‘qnashuvi, «el klasiko» haqida gapirib o‘tdi.

«Albatta, men «Barselona» va «Real» qarama-qarshiligini tomosha qilaman. Bu o‘yinni hayotimning barcha davrlarida kuzatib kelganman.

Avvallari menga ko‘proq «Barselona» yoqardi. Pepe va «Real»ning boshqa himoyachilari yo‘lidan chiqqan narsani buzib o‘tib ketishi menga ma’qul kelmasdi. Faqatgina lu sababli «Barsa»ga muxlislik qilardim. Hozir esa o‘yinlarni neytral tomoshabin sifatida kuzataman. Bugun men yaxshiroq o‘yin ko‘rsatayotgan jamoaga muxlislik qilaman. Va hozirgi vaziyatdan kelib chiqsak, bu «Barselona» klubi», - dedi Klopp DAZN nashriga intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Real» o‘yini yakshanba, 25-oktyabr tunda (dushanbaga o‘tar kechasi) bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar