Live
9
O'zbek

Yevropaning top klublari «Ayaks»ning 17 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
24 oktabr, 03:15
Hujumkor yarimhimoyachi 2025-yilning yozidan buyon amsterdamliklar safida to‘p tepib kelmoqda.
Yevropaning top klublari «Ayaks»ning 17 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Ayaks»ning 17 yoshli futbolchisi Abdulla Uazan Yevropaning top klublari e’tiboriga tushgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchining o‘yinlarini «Yuventus», «Chelsi» va «Manchester Siti» kabi klublar kuzatib bormoqda. Bundan tashqari, Madridning «Real» klubi hamon marokashlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish lozim, Abdulla Uazan 2025-yilning yozidan buyon Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasida to‘p tepib kelmoqda. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, hujumkor yarimhimoyachi ushbu mavsumda klub safida jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning Transfermarkt portalidagi transfer narxi 8 million yevroga baholangan.

Avvalroq «Ayaks» Amrabat bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar