Live
9
O'zbek

Jon Jons: «Topuriyani mendan ham buyukroq jangchi bo‘lishi mumkin deb o‘ylagandim»

MMA
24 oktabr, 03:40
UFC sobiq chempioni gruziyalik jangchini uning maqomiga yetishi mumkin deb hisoblaganini aytdi.
Jon Jons: «Topuriyani mendan ham buyukroq jangchi bo‘lishi mumkin deb o‘ylagandim»
Foto: Getty Images

UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons Ilya Topuriyani promoushen tarixidagi eng buyuk jangchi maqomi uchun asosiy da’vogar deb hisoblaganini aytdi.

«Boshqa jangchilar rekordlarimni yangilab, UFC tarixidagi yangi eng buyuk jangchilar deb tan olinishini qanchalik istamay, bu maqomni boshqalarga berishni xohlamaydigan tomonim ham bor. Bu farzandlarim farovonligi va oilam sha’ni bilan bog‘liq.

Rostini aytsam, Topuriyani mendan ham buyukroq jangchi bo‘lishi mumkin deb o‘ylagandim. Lekin uning boshiga nima tushganini ko‘rdik», — dedi Jons.

Ma’lumot o‘rnida, Topuriya so‘nggi jangini 2026 yil iyun oyida o‘tkazgan. U Oq uydagi UFC turnirida Jastin Geyjiga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.

Bugungi yangiliklar