Live
12
O'zbek

Marceloning 17 yoshli o‘g‘li «Real» asosiy jamoasida debyut qilishi mumkin — AS

Futbol
24 oktabr, 04:10
    14
Hujumchi Madrid klubining turli yosh toifalaridagi jamoalari safida 150 dan ortiq gol urgan.
Marceloning 17 yoshli o‘g‘li «Real» asosiy jamoasida debyut qilishi mumkin — AS
Foto: Getty Images

«Real» akademiyasida to‘p tepayotgan Enso Alves tez orada klubning asosiy jamoasi safida ilk uchrashuvini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar berdi.

U braziliyalik sobiq himoyachi Marceloning o‘g‘li hisoblanadi. Ma’lum qilinishicha, yosh hujumchi akademiya miqyosida yuqori natijalarni qayd etmoqda. U Madrid klubining «La Fabrika» akademiyasida turli yosh toifalaridagi jamoalar safida 150 dan ortiq gol urgan.

Klub rahbariyati va Joze Mourinyo boshchiligidagi asosiy jamoa murabbiylar shtabi Enso Alvesdan umid qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi asosiy jamoa mashg‘ulotlariga tobora yaqinlashmoqda va shu mavsumning o‘zida katta futbolda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Marselo 2007-yildan 2022-yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan. U madridliklar safida 25 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Avvalroq Marceloning o‘g‘li «Real» bilan ilk professional shartnomasini imzolagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar