"Real" sobiq himoyachisi Marseloning 16 yoshli oʻgʻli Enso Alves madridliklar bilan oʻzining ilk professional shartnomasini imzoladi.
Bitim shartlari oshkor etilmagan, ammo Enso "qaymoqranglilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangani sababli kelishuv uzoq muddatli boʻlishi kutilmoqda. Yoshinga qaramay, Alves "Real"ning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida harakat qilmoqda va bu mavsumda 3 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.
Ma'lumot oʻrnida, uning otasi Marselo 2007–2022 yillar oraligʻida "Real" sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida u madridliklar safida 546 ta oʻyin oʻtkazib, 38 ta gol urgani va 104 ta assist amalga oshirgani ma'lum.
Avvalroq Marselo imkon boʻlsa "Real"ga Pedrini olib kelishini aytib oʻtgandi.