"Real" sobiq himoyachisi Marselo "Barselona" futbolchilaridan qay birini madridliklar safida ko‘rishni istashini aytdi.
"Ko‘pchilik Lamin Yamalni tanlaydi, lekin men Pedrini tanlardim. Unda "Real"ga xos xususiyat bor", — dedi Marselo.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli Pedri 2020 yildan beri "Barselona" safida o‘ynab kelmoqda. U shu vaqt ichida "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 221 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urg‘an va 27 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Marselo avvalroq faoliyatidagi eng og‘ir o‘yin qaysi bo‘lganini aytgandi.