«Liverpul» rasmiy sayti orqali yakshanba kuni erkaklar va ayollar jamoalari ishtirokidagi bahslar belgilangan jadval asosida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Kuchli shamol tufayli ushbu bahslardan biriga yo‘l olayotganingizda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz. Safaringizni oldindan rejalashtiring va yo‘lga ko‘proq vaqt ajrating», — deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» — «Brayton» bahsi Angliya Premyer Ligasi doirasida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.