Live
11
O'zbek

Ikardi Rossiyaning top-klubiga o‘tishi mumkin

Futbol
25 oktabr, 07:15
Uning so‘nggi jamoasi Istanbulning «Galatasaroy» klubi bo‘lgan.
Ikardi Rossiyaning top-klubiga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Letterio Pino bu haqda Sport24 nashriga ma’lum qildi.

«Agar munosib taklif tushsa, Rossiya Mauro faoliyatini davom ettirishi uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Rossiyaning top-klublaridan biriga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz», — dedi agent.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Ikardi ayni paytda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Istanbulning «Galatasaroy» klubi bo‘lgan. Argentinalik hujumchi faoliyati davomida Milanning «Inter» va Fransiyaning «PSJ» klublarida ham o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Ikardining Rossiya klubiga o‘tishi hozircha ehtimoliy variant sifatida ko‘rilmoqda. Hozircha muayyan jamoa yoki kelishuv haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bugungi yangiliklar