Bugun, 15 iyun kuni UFC Freedom 250 turniri bo'lib o'tdi.
Uning asosiy jangida engil vazn toifasidagi mag'lubiyatsiz 29 yoshli chempion Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik kamar sohibi amerikalik Jastin Geyji o'zaro kuch sinashdi. Yakunda Geyji raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratib, yengil vaznda UFC chempioniga aylandi.
5 raundga mo'ljallangan jang 4 raunddan so'ng hakamlar qaroriga to'xtatildi. Sababi, shifokorlar ko'plab zarbalar qabul qilgan Topuriyaga jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va Iliyaga texnik nokaut yozildi.
Ushbu jangdan so'ng Topuriya hisobida 17 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etildi. Jastinda esa 27 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat mavjud.
Ikkinchi asosiy jangda esa fransiyalik Siril Gan og'ir vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jangda braziliyalik Aleks Pereyrani nokautga uchratdi.