Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi braziliyalik vingeri Vinisius Juniorga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» Vinisiusning «Real»dagi holatini aniqlash uchun vakillarini yubormoqchi. «To‘pchilar» ustozi Mikel Arteta braziliyalikning «Emireyts»ga ko‘chib o‘tish variantiga munosabati qiziq. Agarda javob ijobiy bo‘lsa, ingliz grandi ushbu transferga jiddiy ravishda kirishadi.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Vinisius barcha musobaqalarni inobatga olganda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 o‘yinda 18 ochko jamg‘argan «Arsenal» APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Real» esa 9-turdan keyin 21 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.