FIFA U-15 Jahon chempionatida O‘zbekiston va Gana o'smirlar jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Unda ganalik futbolchilar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gana vakillari 11 va 15-daqiqalarda ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqdi. 16-daqiqada Aron Solomin farqni qisqartirdi. Biroq ikkinchi bo‘limda raqib yana ikki bor darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
FIFA U-15 Jahon chempionati
Gana — O‘zbekiston 4:1
O‘zbekistonning goli: Aron Solomin 16.
O‘zbekiston: Timur Abdujalilov, Muhammadali Lufullayev, Ilhom Mirzayev, Mirjalol Farxodov, Aron Solomin, Roman Ayzattulov, Muhammadaziz Yusufov, Behzod Tuxhtasinov.