Live
8
O'zbek

«PSJ» Safonov bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishdi

Futbol
24 oktabr, 04:38
Parij klubida rossiyalik darvozabonning jamoadagi kelajagiga ishonishmoqda.
«PSJ» Safonov bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishdi
Foto: Gettyimages

Fransiyaning «PSJ» klubi darvozabon Matvey Safonov bilan shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Parij klubi rossiyalik darvozabonning jamoadagi kelajagiga ishonmoqda. Bu haqda Fransiyaning Foot01 sport yangiliklari onlayn nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «PSJ» 27 yoshli golkiper bilan mehnat shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirmoqchi. Ma’lumot uchun, Safonovning amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Matvey Safonov 2024-yilning yozida «Krasnodar»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Bu davrda darvozabon barcha musobaqalarni inobatga olganda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, ulardan 20 tasida «nol»ga o‘ynadi. Parij klubi safida rossiyalik kiper ikki marta Chempionlar ligasi va Liga 1da g‘olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar