«PSJ» klubi «Atletik» vingeri Niko Uilyamsni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Bunga parijliklar vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylamni uzib olgani sabab bo‘lgan. Ispaniyalik 24 yoshli futbolchi «PSJ» tarkibini kuchaytirish uchun jiddiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Parij klubi Uilyamsning o‘yinlarini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda.
Niko bu mavsumda Ispaniya chempionatida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning «Atletik» bilan amaldagi shartnomasi 2035-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.