Italiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan bahsda «Torino» o‘z maydonida «Monza»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda dastlab 39-daqiqada Kiyan Fits-Jim gol urib, «Torino»ni oldinga olib chiqdi.
Biroq ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Monza» hisobni tenglashtirdi. 47-daqiqada Gustavo Varela raqib darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuvga intriga qaytardi.
«Torino» o‘tkazib yuborilgan golga tezda javob qaytardi. 61-daqiqada Rafiq Belgali mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada esa Nikola Vlashich farqni ikkita golga yetkazdi.
Qo‘shib berilgan daqiqalarda «Monza» hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mehmonlar mag‘lubiyatdan qutulib qola olishmadi — 3:2.
Bu g‘alabadan so‘ng turinliklar 13 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. «Monza» esa 7 ochko to‘plab, 14-pog‘onada.
A Seriya. 8-tur
Torino — Monza 3:2
Gollar: Fits 39, Belgali 61, Vlashich 72 – Varela 47, Patterson 90