Live
3
O'zbek

Amorim «Milan» tarixidagi o‘ziga xos natijani qayd etdi

Futbol
19 oktabr, 00:15
    6
Portugaliyalik mutaxassis «rossoneri» boshqaruvidagi dastlabki 7 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.
Amorim «Milan» tarixidagi o‘ziga xos natijani qayd etdi
Foto: Getty Images
18.10.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 3 : 2 Atalanta Atalanta

Italiya chempionatining 7-turida «Milan» «Atalanta»ni qiyinchilik bilan 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bu g‘alabadan keyin portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim «rossoneri» boshqaruvidagi dastlabki yetti o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi: jamoa to‘rt marta g‘alaba qozonib, uch bor durang o‘ynadi.

Shu tariqa, Amorim «Milan» tarixida A Seriyadagi ilk yetti uchrashuvida mag‘lub bo‘lmagan uchinchi murabbiy bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga 1955-yilda Ektor Purichelli uchta g‘alaba va to‘rtta durang, 1963-yilda Luis Karnilya esa to‘rtta g‘alaba va uchta durang bilan erishgandi.

A Seriyaning keyingi turida «Milan» safarda «Udineze» bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 25-oktabrdan 26-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Atalanta Atalanta
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar