«Milan» rahbariyati yarim himoyachi Adrien Rabiot bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder va jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv yuzasidan muzokara olib bormoqda. Klub rahbariyati Rabiotni jamoaning uzoq muddatli loyihasida asosiy figura sifatida ko‘rmoqda.
Milanliklar fransiyalik futbolchi bilan shartnomani yangilash masalasini imkon qadar tezroq hal qilishga urinmoqda. Hozirgi paytda futbolchi maosh sifatida uch yarim million yevro va qo‘shimcha mukofotlar olmoqda.
Bu mavsumda Rabiot barcha turnirlarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta assistni qayd etgan.
Adrien bunga qadar «PSJ», «Tuluza», «Yuventus», «Marsel» jamoalari sharafini himoya qilgan.