Angliya Premer-ligasida 8-tur uchrashuvlari start oldi. Ushbu turning ilk uchrashuvida «Ipsvich» klubi o‘z maydonida «Nottinghem Forest»ni qabul qildi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab 13-daqiqada Uilyams mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 41-daqiqada Ensiso muvozanatni tikladi.
Bu natijadan so‘ng «Ipsvich» ochkolari sonini 10 taga yetkazib, 9-o‘rinda bormoqda. «O‘rmonchilar» esa 6 ochko bilan 17-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. 8-tur
Ipsvich — Nottinghem Forest 1:1
Gollar: Ensiso 41 – Uilyams 13
Ipsvich — Uolton, Devis, Diop, Emerson (Flemming, 60), Ensiso (Akpom, 86), Fatavu (Maeda, 73), Florentino (Matusiva, 85), O’Shi, Uattara, Palasiso, Filogen (Klark, 61).
Nottinghem Forest — Sels, Kunya, Makeyti, Milenkovich, Munosi, Murillo, Ndoye (Hadson-Odoi, 69), Shlager, Uilyams, Gibbs-Uayt, Delap (Vud, 90+4).
Ogohlantirishlar: Diop 51 – Murillo 54.