Live
9
O'zbek

La Liga. «Vilyarreal» 90+6-daqiqadagi gol evaziga «Valensiya»dan ustun keldi

Futbol
24 oktabr, 14:50
    1
Ikki jamoadan bir nafardan futbolchi maydondan chetlatildi.
La Liga. «Vilyarreal» 90+6-daqiqadagi gol evaziga «Valensiya»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
24.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Valensia Valensia 1 : 2 Villarreal Villarreal

Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Valensiya» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Mestalya» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 38-daqiqada «ko‘rshapalaklar» himoyachisi Pepelu penalti­ni aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 69-daqiqada «Vilyarreal» futbolchisi Aleks Frimen muvozanatni tikladi. 79-daqiqada mehmonlar yarimhimoyachisi Guye qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 90-daqiqada esa mezbonlar safida Elliott ham chetlatildi. Har ikki jamoa bir kishi kam bo‘lib qolgan bahsning 90+6-daqiqasida Jorj Mikautadze g‘alaba golini kiritdi — 2:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «Vilyarreal» 12 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy oldi. «Valensiya» esa 6 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 10-tur
Valensiya — Vilyarreal 1:2
Gollar:
Pepelu 38 penalti – Frimen 69, Mikautadze 90+6.
Valensiya –
Stole Dimitrievski, Pablo Maffeo (Duro, 77), Sezar Tarrega, Yusti de Xas, Gayya, Luis Rioxa, David Otorbi (Raba, 14, Elliott 70), Gvido Rodriges, Pepelu, Xavi Gerra (Martines, 70), Arno Danjuma.
Vilyarreal –
Peter Gulachi, Renato Veyga, Santyago Mourinyo, Xuan Foyt (Moleyro, 65), Aleks Frimen, Teyjon Byukenen, Karlos Masiya, Pep Guye, Ilyas Axomash (Kardona, 65), Ayose Peres (Mikautadze, 66), Jerar Moreno (Komesanya, 82).
Chetlatish: Elliott 90 – Guye 79.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar