Live
5
O'zbek

Ronaldu 2 milliard dollar ishlab topgan birinchi faol sportchi bo‘ldi

Futbol
24 oktabr, 13:39
Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.
Ronaldu 2 milliard dollar ishlab topgan birinchi faol sportchi bo‘ldi
Фото: Getty Images

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida jami 2 milliard dollar daromad olgan birinchi faol sportchiga aylandi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik 41 yoshli futbolchi 2026–2027-yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubidagi faoliyati uchun 250 million dollar, reklama shartnomalari va boshqa biznes loyihalaridan esa yana 50 million dollar ishlab topishi kutilmoqda.

«Inter Mayami»da o‘ynayotgan Lionel Messi esa ushbu marraga kelasi yilda yetishi mumkin. Argentinalik futbolchining daromadi Ronaldudan ancha ortda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Real» jamoalarida o‘ynagan. 5 marta «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. Saudiya Arabistoni klubida esa 2022-yilning dekabridan beri o‘ynamoqda.

Bugungi yangiliklar