Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «to‘pchilar» va Ispaniya milliy jamoasi Davida Rayyaning kelajagi haqida gapirdi.
Mutaxassis darvozabon faqatgina faoliyatini yakunlagach, yurtiga qaytishi, ungacha esa «Arsenal» sharafini himoya qilishini aytib o‘tdi.
«David Rayya vaqti kelib Ispaniyada o‘ynashi kerak… Yozda, sohilda do‘stlari bilan. Biroq yaqin bir necha yil mobaynida u shu yerda, «Arsenal» safida to‘p tepishi zarur», - deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq David Ispaniyada o‘ynashni istashi haqida intervyu bergandi.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-yilgi mavsumda Rayya 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta to‘p o‘tkazib yubordi. 7 ta bahsda u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bildi. Shuningdek, Rayya Ispaniya milliy jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.