Yakkalik bahslarida 11 ta ATP turnirlari g‘olibi, dunyoning 14-raketkasi, amerikalik tennischi Teylor Fris Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan ATP-250 musobaqasida tomoshabinlar uni hafta davomida qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
«Bu yerda, Lionda tennis tomosha qilish — bu... ha, bugun kechqurun katta arenada to‘la stadionni, tomoshabinlarni ko‘rish hayratlanarli. Bu ajoyib. Bu yerga birinchi marta kelganimda, «Bu haqiqatan ham ATP-250 turniri uchun katta stadion», deb o‘yladim. Bu juda ajoyib — muxlislar o‘yinlarga kelishni yaxshi ko‘rishadi, ular stadionni to‘ldirishdi. Bu chindan ham ajoyib edi.
Siz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qildingizmi?
Ha, butun hafta. Butun hafta davomida tomoshabinlar hayratlanarli darajada ko‘p bo‘ldi» - dedi Fris TennisTV efirida.
Eslatib o‘tamiz, Fris hamyurti Tommi Polni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etib, Liondagi turnir finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda Teylor Fritsga Flavio Kobolli — Lorenso Muzetti juftligi g‘olibi ro‘baro‘ keladi.