Germaniya chempionatida 7-tur uchrashuvlari davom etadi. «Borussiya D» ushbu turni o‘z maydonida «Ayntraxt»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi. Jamoalarning ushbu bahs uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, «asalarilar» turnir jadvalida 14 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Ayntarxt» esa 8 ochko to‘plab, 11-pog‘onada.
Bundesliga. 7-tur
Borussiya D – Ayntraxt
Borussiya D – Kobel, Anton, Shlotterbek, Bensabaini, Nmecha, Ryerson, Veerman, Svensson, Sabitser, Fabio Silva, Girassi.
Ayntraxt – Atubolu, Kollinz, Kox, Brasse, Baum, Shaibi, Onedika, Doan, Noel, Burkardt, Ebnutalib.