Live
10
O'zbek

Bublik o‘yinni davom ettira olmadi — Medvedev Qozog‘istondagi musobaqa finaliga yo‘l oldi

Tennis
24 oktabr, 12:21
US Open-2021 chempioni, rossiyalik tennischi Olma-otada o‘tkazilayotgan ATP-250 musobaqa finaliga yo‘l oldi.
Bublik o‘yinni davom ettira olmadi — Medvedev Qozog‘istondagi musobaqa finaliga yo‘l oldi
Foto: Gettyimages

US Open-2021 chempioni, dunyoning beshinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan ATP-250 toifasidagi turnir 1/2 final o‘yinida raqibi qozog‘istonlik Aleksandr Bublik birinchi setday keyin uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qilgach, finalga yo‘l oldi.

21 daqiqa davom etgan bellashuv davomida Medvedev to‘qqizta eys amalga oshirdi va bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi, shuningdek, ikkita breyk-poyntning bittasidan unumli foydalandi. Aleksandr Bublik uchta eys amalga oshirdi, birorta ham qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi va o‘yin davomida birorta ham breyk-poyntga ega bo‘lmadi.

Medvedev Olmaotadagi turnirda g‘alaba qozonish uchun hal qiluvchi bahsda gruziyalik Nikoloz Basilashvili bilan kuch sinashadi.

Bugungi yangiliklar