Germaniya chempionatida 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Borussiya D» o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qildi. Unda mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi yagona gol 80-daqiqada Maksimilian Bayer hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «asalarilar» ochkolari sonini 17 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Ayntraxt» esa 8 ochko to‘plab, 11-pog‘onada.
Bundesliga. 7-tur
Borussiya D – Ayntraxt 1:0
Gol: Bayer 80
Borussiya D – Kobel, Anton, Shlotterbek, Bensabaini, Nmecha (Bellinghem, 79), Ryerson (Gadu, 90), Veerman, Svensson (Bayer, 68), Zabitser (Chukvuemeka, 68), Fabio Silva (Nvaneri, 68), Girassi.
Ayntraxt – Atubolu, Kollinz, Kox, Brasse, Baum, Shaibi (Arrou, 84), Onedika, Doan, Noel (Gyotse, 84), Burkardt (Knaff, 77), Ebnutalib (Uzun, 77).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi