BAA poytaxti Abu Dabi shahrida UFC 333 turniri davom etmoqda. Oqshomning co-main event jangida o‘ta yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Pyotr Yan ushbu kamar sobiq sohibi Merab Dvalishvilidan kamarini himoya qildi. To‘liq davom etgan bahsda Yan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.
Bu trilogiya jangi bo‘lib, bunga qadar hisob 1:1 edi. Shu tariqa, Yan kamarini saqlab qoldi. Bu rossiyalik sportchining MMA’dagi 21-g‘alabasiga aylandi. Dvalishvili ham professional MMA’dagi debyutini 2014-yilda o‘tkazgan. Gruziyalik jangchi UFC tarixida eng yengil vazn toifasidagi eng uzun g‘alabali seriya rekordi sohibi hisoblanadi — u ketma-ket 14 ta jangda g‘alaba qozongan edi.
Avvalroq Ramazon Temirov angliyalik raqibiga qarshi jangning 1-raundidayoq mag‘lub bo‘lgandi.