Bugun
13
O'zbek

UFC Freedom 250. Gan Pereyrani mag'lub etib, og'ir vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi

MMA
15 iyun, 00:20
Jang ikkinchi raundda Sirilning nokauti bilan tugadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
UFC Freedom 250. Gan Pereyrani mag'lub etib, og'ir vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi
Foto: Getty Images

Bugun, 15 iyun kuni UFC White House — Freedom 250 turniri bo'lib o'tmoqda. Uning ikkinchi asosiy jangida UFC sobiq chempioni (o'rta va yarim og'ir vazn) braziliyalik Aleks Pereyra (13-3) hamda og'ir vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari sobiq sohibi fransiyalik Siril Gan (13-2-0-1) o'rtasida kechdi.

Ularning bellashuvida og'ir vaznda vaqtinchalik chempionlik unvoni o'taga qo'yilgan edi. Jang ikkinchi raundda Ganning nokauti bilan tugadi.

Endi Aleks Pereyraning hisobida 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. Siril Gan esa 14 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va bir natijasiz jangga ega.

Eslatib o'tamiz, asosiy jangda Iliya Topuriya engil vaznda chempionlik kamari uchun Jastin Geyjiga qarshi oktaonga ko'tariladi.

Bugungi yangiliklar