Live
2
O'zbek

«Real» prezidenti yana «El Klasiko»ga bormaydi

Futbol
22 oktabr, 09:15
Florentino Peres «Barselona»ga qarshi bahsni ketma-ket uchinchi mavsum stadiondan kuzatmaydi.
«Real» prezidenti yana «El Klasiko»ga bormaydi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres 25-oktyabr kuni «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan «El Klasiko»da qatnashmaydi. The Touchline xabariga ko‘ra, bunga ikki klub o‘rtasida Negreyra ishi sabab saqlanib qolayotgan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

Shu tariqa, Peres «Kamp Nou» stadionidagi «El Klasiko»ni ketma-ket uchinchi mavsum o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, klublar rahbariyat vakillari ishtirokida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan o‘yinoldi tushligi ham bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, «El Klasiko» Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida 25-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» La Liga turnir jadvalida to‘qqizta bahsdan keyin 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda va kataloniyaliklardan olti ochko ortda qolgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar