Live
5
O'zbek

Jons: «Topuriya tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri bo‘lishi mumkin»

MMA
22 oktabr, 10:17
Ilia «Oq uydagi» oqshomda Jastin Geytjiga yutqazib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
Jons: «Topuriya tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri bo‘lishi mumkin»
Фото: Getty Images

MMA afsonasi Jon Jons Ilia Topuriya haqida fikrlarini bildirdi. Amerikalik sportchi uning imkoniyatlariga to‘xtaldi.

«Oq uydagi turnirgacha Iliyaga yengilmas jangchi sifatida qarardim. Keyin esa u bilan nima bo‘lganini ko‘rdik. Topuriya tarixdagi eng buyuk jangchi sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan asosiy da’vogarlardan biri. Uning jang uslubi, boksi, zarba kuchi, o‘ziga ishonchi menga juda yoqadi. Oktagon tashqarisida ham o‘zini yaxshi tutadi. Ilia boy oiladan chiqqan, jang qilishga majbur emas va unga pul uchun kurashishning hojati yo‘q.

Men «Matador»ning katta muxlisiga aylandim. U hamma narsani to‘g‘ri qiladi. Tiklanish jarayonini ham, qolgan barcha ishlarni ham. U g‘alabaga munosib jangchi», — dedi Jons.

Eslatib o‘tamiz, Ilia «Oq uydagi» oqshomda Jastin Geytjiga yutqazib, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.

Bugungi yangiliklar