Yevropa Chempionlar ligasida 3-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. O‘tgan tur bahslaridan so‘ng ham birorta ochko yo‘qotmagan jamoalar soni 5 tani tashkil etmoqda.
Gap «PSJ», «Aston Villa», «Liverpul», «Real» va «Betis» jamoalari haqida ketmoqda. Xususan, sevilyaliklar «Lill»ni (3:2), «Portu»ni (3:2) va «Feyenoord»ni (1:0) hisobida mag‘lub etgan.
Madrid klubi ham turnirni ishonchli o‘tkazmoqda. «Liverpul» esa 3-turda ochko yo‘qotishi mumkin edi. «Vilyarreal»ga qarshi bahsda mersisaydliklar kambek evaziga muvaffaqiyat qozondi. «Aston Villa» ham ligani yaxshi o‘tkazmoqda.
Uch turdan keyin «PSJ» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvlari 3 va 4 noyabr kunlari o‘tkaziladi.