Live
5
O'zbek

«Real» «Oltin to‘p» marosimidagi boykotni to‘xtatadi

Futbol
22 oktabr, 09:45
Madrid klubi ikki yillik tanaffusdan so‘ng nufuzli taqdirlash marosimiga bir nechta futbolchisini yubormoqchi.
«Real» «Oltin to‘p» marosimidagi boykotni to‘xtatadi
Foto: Getty Images

«Real» «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimiga katta delegatsiya yuborishga qaror qildi. L’Equipe xabariga ko‘ra, madridliklar ikki yil davomida tadbirda qatnashmaganidan so‘ng o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmoqda.

Klub nomidan bir nechta futbolchi marosimda ishtirok etishi kutilmoqda. «Real» vakillari orasida Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellinghem kabi futbolchilar asosiy individual sovrin uchun da’vogarlar qatorida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda «Real» Rodri «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgani, Vinisius Junior esa mukofotni qo‘lga kirita olmagani ma’lum bo‘lgach, marosimga borishdan so‘nggi daqiqalarda voz kechgan edi. Bir yil o‘tib, klub tadbirni deyarli to‘liq e’tiborsiz qoldirgan. O‘shanda «Real»ning yagona vakili futbolchi Karolin Uir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26-oktyabr, dushanba kuni, «El Klasiko»dan bir kun o‘tib bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar