«Real» vingeri Vinisius Juniorning vakillaridan biri Maykl Yormark futbolchining o‘tgan yozda «Arsenal»ga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
«U «Arsenal» taklifini jiddiy ko‘rib chiqdimi? Albatta. «Arsenal» kabi klub seni katta ishtiyoq bilan kutib olib, o‘zingni haqiqatan ham kerakli futbolchi sifatida his qilishingga sabab bo‘lsa, bunday taklifni tinglashga to‘g‘ri keladi.
Ammo Vinining yuragi Madridda. U doimo shu yerda bo‘lishni istagan va faoliyatining qolgan qismini ham shu yerda o‘tkazishga umid qilmoqda», — dedi Yormark.
Ma’lumot uchun, Vinisius o‘tgan yozda «Real» safida qolishga qaror qilgan va klub bilan yangi shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining «Real» bilan kelishuvi 2032-yilgacha mo‘ljallangan.