«Sanderlend» vingeri Simon Adingra ijara asosida «Ayaks»ga o‘tdi. Bu haqda Amsterdam klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Ivuarlik 24 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar Niderlandiya klubi safida o‘ynaydi.
Qayd etilishicha, amsterdamliklar Simonning ijarasi uchun 3,8 million yevro to‘lagan.
Kelishuvda «Ayaks»ning futbolchini keyinchalik 16 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olish huquqi ham mavjud.
Adingra 2026 yilning birinchi yarmida «Monako»da ijara asosida o‘ynadi. Fransiya klubi safida u 17 ta uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.