«Vulverhempton» klubi darvozabon Sem Jonstonni «Seltik»ka ijaraga berdi. Bu haqda Shotlandiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Shu tariqa, angliyalik 33 yoshli kiper 2027 yilning yoziga qadar «Seltik» safida o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Sem «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida 10dan oshiq jamoalar safida o‘ynagan. 2021 yilda Angliya milliy jamoasi safida debyutini o‘tkazgan.
Shuningdek, u Angliya Premer-ligasida 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.