Bugun
15
O'zbek

Enso Fernandes — “Man Siti” futbolchisi

Futbol
1 sentabr, 19:11
APLda Isakka tegishli transfer rekordi takrorlandi.
Enso Fernandes — “Man Siti” futbolchisi
Foto: Manchester City

“Chelsi” yarimhimoyachisi Enso Fernandes “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.

Argentina milliy jamoasi tarkibida jahon chempioni boʻlgan 25 yoshli futbolchi “shaharliklar” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq “Chelsi” Enso uchun 125 million funt sterling olishi maʼlum boʻlgandi.

Bu Premer-liga transfer rekordining takrorlanishi hisoblanadi — bir yil avval “Liverpul” hujumchi Aleksandr Isak uchun “Nyukasl”ga xuddi shuncha miqdorda pul toʻlagandi.

Oʻtgan mavsumda Fernandes APLda 36 ta oʻyinda 10 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar