Bugun
15
O'zbek

Tuanzebe va Archer Fransiya klubiga oʻtdi

Futbol
1 sentabr, 19:02
“Oser” APLni tark etgan klublardan ikki futbolchini oʻz safiga qoʻshib oldi.
Tuanzebe va Archer Fransiya klubiga oʻtdi
Foto: Auxerre

“Oser” Angliyadan ikki futbolchining transferini eʼlon qildi.

“Sauthempton”dan Kemeron Archer Fransiyaga koʻchib oʻtdi. “Aston Villa”ning sobiq hujumchisi bir yil muddatga, sotib olish huquqisiz ijaraga olindi va u 9-raqamida toʻp tepadi.

Shuningdek, yozda “Byornli”ni tark etgan Aksel Tuanzebe erkin agent sifatida Liga 1 klubiga qoʻshildi. U bilan bir yillik shartnoma imzolandi, shartnomani uzaytirish imkoniyati ham mavjud. “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi 4-raqamini tanladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Auxerre Auxerre
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar