Dariu Essugu “Chelsi”dan “Strasburg”ga oʻtdi.
Fransiya klubi 21 yoshli yarimhimoyachini bir mavsumga ijaraga olganini maʼlum qildi.
Portugaliya yoshlar jamoasi futbolchisi 2025 yil yozida London klubiga qoʻshilgandi. Oʻtgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 3 ta bahsda ishtirok etdi, ammo golli harakatlarni amalga oshirolmadi.
Essugu faoliyati davomida “Sporting” va “Las-Palmas” klublarida ham oʻynagan.
“Chelsi” Essuguni “Strasburg”ga ijaraga berdi
Futbol
1 sentabr, 19:16
Portugaliya yoshlar jamoasi yarimhimoyachisi yangi mavsumni Fransiyada oʻtkazadi.
Foto: Strasbourg