“Portu” hujumchisi Deniz Gul “Galatasaroy”ga oʻtdi.
Turkiya chempioni milliy jamoaning 22 yoshli hujumchisini 10 million yevroga sotib oldi.
Shuningdek, Portugaliya klubi futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulush oladi.
Gul “Galatasaroy” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi soliqlardan tashqari 1,5 million yevroni tashkil qiladi.
Gul oʻtgan mavsumda Portugaliya chempionatida 29 ta oʻyinda 5 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u 2 ta bahsda maydonga tushdi.
Deniz Gul — “Galatasaroy” futbolchisi
Futbol
1 sentabr, 18:40
Turkiya milliy jamoasi hujumchisi “Portu”dan oʻz vatani klubiga oʻtdi.
Foto: Galatasaray