Turkiya chempionatining 2-turida "Bashakshehir" safarda "Trabzonspor"ga imkoniyatni boy berdi. Salohning dubliga Shomurodov bir bor javob berdi.
Istanbul liklar safida har ikkala o'zbekistonlik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"Trabzonspor" ochkolarini 4 taga yetkazdi. Ilk turda g'alaba qozongan "Bashakshehir"da 3 ochko bor.
Turkiya Superligasi. 2-tur
Trabzonspor — Bashakshehir 2:1
23 avgust. "Park Papara"
Gollar: Saloh (8, 48) — Shomurodov (19, penalti).
Trabzonspor — Onana, Kabral, Nvaivu, Savich, Eskikhellach, Muchi (O'zqajar, 70), Kabasakal, Malinovskiy (Bushuari, 81), Simsir (Saviolo, 70), Saloh, Onuachu (To'fon, 87).
Bashakshehir — Shengazer, Shahiner (Karbovnik, 70), Bayram, Opoku, Operi, Kemen, Kalujinski (Brnich, 58), Skov Olsen (Bozok, 79), SHOMURODOV, FAYZULLAEV (Zelke, 58), Bertug (Ergun, 46).
Ogohlantirishlar: Kemen (22), Bertug (39), Zelke (61), Saloh (79), Nvaivu (83), Ergun (88), Savich (89).
