Bugun
20
O'zbek

Leau: «Galatasaroy»ga kuboklarni qo‘lga kiritish uchun keldim»

Futbol
31 avgust, 02:00
Portugaliyalik futbolchi Turkiya klubiga o‘tgandan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Leau: «Galatasaroy»ga kuboklarni qo‘lga kiritish uchun keldim»
Foto: Getty Images

«Galatasaroy»ning yangi futbolchisi Rafael Leau Turkiya klubiga o‘tgandan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va jamoa bilan birga sovrinlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganini bildirdi.

«Galatasaroy» iyun oyidan buyon meni bu yerga olib kelish uchun ko‘p harakat qildi. Ularga qiziqishlari uchun katta rahmat.

Bu juda katta klub. O‘tgan mavsumda jamoa chempion bo‘ldi, men esa bu yerga kuboklarni qo‘lga kiritish va muxlislarga ana shu hissiyotlarni ulashish uchun keldim.

Bu yerda allaqachon kuchli jamoa bor va juda yaxshi tarkib shakllanmoqda. Men ham uning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

Muxlislarimizga katta rahmat. Ularga quvonch ulashishni, gollarim va assistlarim bilan jamoaga yordam berishni xohlayman. Shuning uchun ular bilan birga ekanimdan juda baxtliman», — dedi Leau klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli vinger o‘tgan mavsum «Milan» safida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar